3.1. Qanday ma'lumot yig'amiz: telefon raqam (ro'yxat va SMS-tasdiq uchun); foydalanuvchi o'zi kiritgan biznes/profil ma'lumotlari; sahifa statistikasi (ochilishlar, bosishlar — shaxssiz); texnik loglar (IP, qurilma turi — xavfsizlik uchun).
3.2. Nima uchun ishlatamiz: hisobni yaratish va himoyalash; buyurtma qilingan xizmatlarni ko'rsatish; so'rov bo'yicha ma'lumotni xarita servislariga uzatish; to'lovlarni qayta ishlash (karta raqamlari bizda saqlanmaydi); muhim xabarlarni yuborish.
3.3. Nimani QILMAYMIZ: ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga sotmaymiz; so'ralmagan joyga uzatmaymiz; reklama SMS'larini roziliksiz yubormaymiz.
3.4. Ommaviy sahifa (samannfc.uz/b/...) dagi ma'lumotlar foydalanuvchi xohishi bilan ochiq e'lon qilinadi — ularni har kim ko'rishi mumkinligini foydalanuvchi tushunadi.
3.5. Saqlash va o'chirish: ma'lumotlar hisob faol davomida saqlanadi. Foydalanuvchi istalgan payt info@samannfc.uz orqali hisobini o'chirishni so'rashi mumkin — so'rov 30 kun ichida bajariladi.
3.6. Xavfsizlik: ma'lumotlar shifrlangan aloqa (HTTPS) orqali uzatiladi, parollar/kodlar xesh ko'rinishda saqlanadi, bazadan muntazam zaxira olinadi.