2.1. Ro'yxatdan o'tish: telefon raqam va SMS-kod orqali. Bitta raqam — bitta hisob. Hisobda amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun egasi javobgar.
2.2. Foydalanuvchi kiritayotgan ma'lumotlar (biznes nomi, manzil, telefon, rasm) haqiqiy va unga tegishli ekanligiga, boshqa shaxs/brend nomidan sahifa ochmasligiga kafolat beradi.
2.3. Taqiqlangan kontent. Sahifalarda quyidagilarni joylash mumkin emas:
- qonunga zid faoliyat, firibgarlik, "tez boyish" sxemalari;
- boshqa shaxs/brend nomidan yolg'on vakillik, mualliflik huquqini buzuvchi materiallar;
- 18+ kontent, qimor, zo'ravonlik, milliy/diniy adovat targ'iboti;
- spam, zararli havolalar, fishing;
- boshqalarning shaxsiy ma'lumotlarini roziliksiz e'lon qilish.
2.4. Buzilish oqibatlari: qoidabuzarlik aniqlansa, Xizmat ko'rsatuvchi sahifani ogohlantirishsiz to'xtatish yoki hisobni bloklash huquqiga ega. Qasddan jiddiy buzilishda to'lov qaytarilmaydi.
2.5. Xaritaga joylash: Platforma ma'lumotni Google/Yandex/2GIS'ga yuborishda vositachi; yakuniy joylash o'sha platformalar qoidalari bo'yicha amalga oshadi va ularning rad javobi uchun Xizmat ko'rsatuvchi javobgar emas (bunday holatda to'lov qaytariladi).
2.6. Platforma interfeysi, dizayni va kodi Xizmat ko'rsatuvchining mulki. Foydalanuvchi kiritgan kontent o'ziniki bo'lib qoladi — Platforma uni faqat xizmat ko'rsatish uchun ishlatadi.